Shahar, javob ber!
2GIS dan tanlov
Shahardagi joylar haqida fotosuratlar, videolar yoki sharhlaringizni ulashing va ajoyib sovg‘alarni qo‘lga kiriting!
Nima qilish kerak
Shahringizdagi joylar haqidagi taassurotlaringizni ulashing. Yangi qahvaxonada bo‘ldingizmi, ta’mirlash ustaxonasiga bordingizmi yoki gul salonidan guldasta sotib oldingizmi? Bu haqda 2GIS’da gapirib bering!
Joylar va kompaniyalar haqida 100 ta belgidan kam bo‘lmagan batafsil sharhlar yozing. Sizga nima yoqqanini va nimani yaxshilash mumkinligini ayting.
Istalgan joy va kompaniyalar kartochkalariga rasm yoki videolarni yuklang. Bular kafe, go‘zallik salonlari, bog‘lar va diqqatga sazovor joylar bo‘lishi mumkin - xohlagan narsangizni yuklashingiz mumkin.
O‘yinda ishtirok etish uchun kamida uchta kompaniya yoki obyektga sharh yoxud fotosurat qo‘shishingiz lozim. Siz faqat sharh yoki faqat rasm ulashishingiz mumkin, yoki ikkalasini ham joylashtirish imkoniyatiga egasiz.
Tafsilotlar
Qachon

17-dekabr soat 00:00 dan 14-yanvar 23:59 gacha (Moskva vaqti bilan).

Kimlar ishtirok etishi mumkin

O‘zbekistondagi 2GIS tizimining avtorizatsiya qilingan foydalanuvchilari.

G‘olib qanday aniqlanadi
Hadya egalarini tasodifiy raqamlar generatori yordamida kamida uch xil kompaniya va joy kartochkasiga surat, video yoki sharh qo‘shgan foydalanuvchilar orasidan tanlaymiz. Ishtirokchi qoidalarni buzsa, diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.

Sovg‘alarni pul ekvivalenti bilan almashtirish ko‘zda tutilmagan.
Natijalarni qanday bilsa bo‘ladi

Natijalar 2GIS Maxsus agentlari guruhida va Telegram kanalimizda e’lon qilinadi. Shuningdek, g‘oliblarning ismlari ushbu sahifada ham yozib qo‘yiladi.

Hadyalar
Qaysi joylar haqida sharh yozish mumkin

Shaharning o‘zingiz borgan istalgan joyi haqida gapirib bering. Bular kafe, restoran, TXS, go‘zallik salonlari, tibbiyot markazlari, do‘konlar, istirohat bog‘lari bo‘lishi mumkin.


Hali baho qo‘yilmagan kartochkalarga sharh yoki rasm qo‘shsangiz, juda yaxshi bo‘ladi. Qancha ko‘p sharh, video va rasm kiritsangiz, shaharga shuncha ko‘p foyda keltiradi.

Savolni qayerda berish mumkin?

Savollaringiz bo‘lsa, agents@2gis.com manziliga yozing.